Zufarjon Shosalimov tomonidan asos solingan "Himmat 700+" loyihasi
Bu loyiha orqali ishtirokchilar o'zlarining ichki dunyosini anglash, sabr, shukur, ixlos kabi qadriyatlarni chuqur o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Biz haqimizda
Zufarjon domla Shosalimov 1976-yili Toshkent shahar Olmazor tumanida tavallud topganlar.
1992-1996-yillari "Ko'kaldosh" o'rta maxsus Islom bilim yurtida hamda 1996-1999-yillari Imom Buxoriy nomidagi Islom oliy ma'hadida ta'lim olganlar.
2002-2015-yillar mobaynida fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan dars olib, ijozalar olganlar. 2007-2009-yillari Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida "islomshunoslik" yo'nalishida magistraturani tamomlaganlar.
Zufar domla Shosalimov mehnat faoliyati davomida, 1999-2002-yillarda "Ko'kaldosh" islom o'rta maxsus Islom bilim yurtida o'qituvchi va bosh tarbiyachi lavozimida, 2002-2008-yillarda Toshkent Islom oliy ma'hadining "Tahfizul-Qur'on" bo'limida mudir, hamda 2008-yildan e'tiboran shu oliygohda o'qituvchi lavozimida faoliyat ko'rsatganlar.
Zufar domla Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rohimahullohga boshchilik qilgan "Oltin silsila" nomli hadislar ensiklopediyasi tadqiqotchilaridan hisoblanadi.

Ochiq darslar

Ruhiy tarbiya
Insonning ichki dunyosi, nafs tarbiyasi va qalb pokligi haqida suhbatlar olib boriladi.

Hikam ul atoiyya
Bu suhbatlar orqali tasavvufiy hikmatlar va ruhiy tarbiya masalalari yoritiladi.

Aqida suhbatlari
Islom aqidasi va e'tiqod masalalariga oid mavzularni qamrab oladi.