Zufarjon domla Shosalimov

Alloh taolo: «Albatta, Allohdan bandalari ichida faqat olimlargina qo‘rqarlar», degan (Fotir surasi, 28-oyat).

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan ijoza olish jarayoni

Zufarjon domla Shosalimovning bay’at bergan va naqshbandiya tariqati bo‘yicha ijoza olgan 2-ustozlari Shayh Mustafo Abu Sulaymon An-nadviy.

Zufarjon domla Shosalimovning bay’at bergan va naqshbandiya tariqati bo‘yicha ijoza olgan 2-ustozlari Shayh Mustafo Abu Sulaymon An-nadviy.

Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf hazratlari va u zotning shogirdlari

Tarjimayi hol

Zufarjon domla Shosalimov 1976-yili Toshkent shahar Olmazor tumanida tavallud topganlar. 

1992-1996-yillari «Ko’kaldosh» o’rta maxsus Islom bilim yurtida hamda 1996-1999-yillari Imom Buxoriy nomidagi Islom oliy ma’hadida ta’lim olganlar.

2002-2015-yillar mobaynida fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan dars olib, ijozalar olganlar.

 2007-2009-yillari Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida «islomshunoslik» yo’nalishida magistraturani tamomlaganlar.
Zufar domla Shosalimov mehnat faoliyati davomida, 1999-2002-yillarda «Ko’kaldosh» islom o’rta maxsus Islom bilim yurtida o’qituvchi va bosh tarbiyachi lavozimida, 2002-2008-yillarda Toshkent Islom oliy ma’hadining «Tahfizul-Qur’on» bo’limida mudir, hamda 2008-yildan e’tiboran shu oliygohda o’qituvchi lavozimida faoliyat ko’rsatganlar. Zufar domla Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rohimahulloh boshchilik qilgan «Oltin silsila» nomli hadislar ensiklopediyasi tadqiqotchilaridan hisoblanadi.

Zufarjon domla 2023-yil Himmat 700+ loyihasiga asos soldilar. Ushbu ulkan loyiha o’z ichiga bir nechta loyihalarning jamlanmasini tashkil qiladi ular quyidagilar:

Ruhiy tarbiya, Aqida, Hikamul Atoiyya, Xos guruhlar, Tafakkur, Millionerlar klubi, Omad va muvaffaqiyat kalitlari, To’g’ri ovqatlanish, Qur’on hayotimiz dasturi kabi loyihalardir.
Bugungi kunda ushbu loyihalarda 10 mingdan ziyod insonlar ta’lim olib, ijobiy natijalarni qo’lga kiritib kelmoqdalar.

“Ko’kaldosh”

1992-1996-yillari "Ko'kaldosh" o'rta maxsus Islom bilim yurtini tamomlagan

“Oliy ma'had”

1996-1999-yillari Imom Buxoriy nomidagi Islom oliy ma'hadida ta'lim olganlar

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti

2007-2009-yillari Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida "islomshunoslik" yo'nalishida magistraturani tamomlaganlar.

Shayx Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq

2002-2015-yillar mobaynida fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan dars olib, ijozalar olganlar.

Himmat 700+ loyihalari

Turli xil sohalarni qamrab oluvchi tarbiyaviy loyiha

01

Xos guruhlar

Unda erkak va ayollar uchun alohida xos guruhlar bo'lib, unda qadriyatlardan maxsus mashqlar asosida chuqur saboqlar beriladi.

02

Tafakkur qilishni o'rganamiz

Qur'on oyatlari va hadislar asosida fikrlashni;
Ruhiy yuksalish va qalb ozodligiga yo'l toppish;
Ma'naviy ravnaq, ichki Huzur va fikriy erkinlikka ega bo'lish;
Qalbni uyg'otish. Tavba va taraqqiy nuqtasi

03

Millionerlar klubi

Ong osti dasturlarini anglash va qayta kodlash;
Tafakkurni milliarderlar darajasiga olib chiqish;
Biznes modellar va moliyaviy strategik fikrlash;
“Baraka psixologiyasi” — faqat pul emas, foydali hayot

04

Omad va muvaffaqiyat kalitlari

Omad – bu faqat tasodif emas, balki tayyorgarlik va imkoniyat to‘qnashganda yuzaga keladigan natijadir. Muvaffaqiyat esa har kuni qilinadigan kichik, ammo qat’iy qadamlarning yig‘indisidir.

05

To'g'ri ovqatlanish

Nutrisiologiya va keto dieta asoslari;
Islomiy qarashda taomlanish;
Mikrobiologiya va ichki muhitni tozalash;
Psixologiya va shaxsiy rivojlanish;
Biznes va moliyaviy muvaffaqiyat uchun tanani tozalash;

06

Ruhiy tarbiya

Ushbu bo‘limda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ruhiy tarbiya" kitoblarining zamonaviy, o‘zgacha, sodda sharhi bilan tanishasiz.

07

Qur'on hayotimiz dasturi

Bevosita Qurʼon Karim oyatlari ila ong ostimizni qayta dasturlashga o‘rgatuvchi o‘ziga xos maxsus loyiha.

08

Aqidayi Tahoviya

Ushbu bo‘limda Buyuk Hanafiy mazhabi ulamosi Imom Tahoviyning "Aqida At-Tahoviyya" kitobining Ustoz Zufarjon domla Shosalimov tomonlaridan eng zamonaviy bilimlar asosida bugungi kunning kishisi oson tushunadigan tilda qilingan sharhi bilan tanishasiz.

09

Hikam al-Atoiyya

Ibn Atoulloh as-Sakandariy rahimahullohning qalamiga mansub, qisqa lekin chuqur ma'no va tasavvufiy haqiqatlarga boy asar. Allohga yaqinlashish sirlari va amallar sir-asrorlari haqida chuqur tafakkur mahsulidir.

Himmat 700+ tarbiyaviy loyihadir. U diniy tamoyillar asosida shaxsiy rivojlanishga yordam beradi.

Himmat 700+ loyihasi yordamida insonlar jamiyatda o'z o'rinlariga ega bo'ladilar.

Loyiha axloqiy qadriyatlar orqali ijtimoiy barqarorlikka katta ta'sir ko'rsatadi.Jamiyatga foydali insonlarni tarbiyalab beradi.

Himmat 700+ loyihasi:

-Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni

-Sog'lom turmush tarzi va sog'lom jamiyat a'zolarini shaxsiy rivojlanishini, jamiyatga xizmat qilish, diniy muvozanatni saqlash, ularni hech qachon davlatga, siyosatga qarshi chiqmaydigan fuqarolarni jamiyatga taqdim qiladi. ​